O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘qituvchi va murabbiylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan IIV Sirdaryo akademik litseyida o‘qituvchi va murabbiylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
🎙 Tadbirni litsey direktori poklovnik F.Q. Ortiqboyev ochib berib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
🎶 Bayram dasturidan o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan she’r, qo‘shiq va raqslar, shuningdek, turli sahna ko‘rinishlari o‘rin oldi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va bayramona ruhda o‘tdi.
🏅 Tadbir yakunida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasida faol ishtirok etayotgan ayrim o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
🌷 IIV Sirdaryo akademik litseyi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!