IIV SIRDARYO AKADEMIK LITSEYIDA DTM SINOV IMTIHONI
2026-yil 28-sentabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyida 1–2-bosqich o‘quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga maqsadli tayyorlash, ularning bilim darajasini aniqlash hamda test sinovlariga moslashuvini oshirish maqsadida DTM sinov imtihoni tashkil etildi.

📝 Sinov jarayonida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini test topshiriqlari orqali sinovdan o‘tkazdilar. Mazkur imtihon o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini tahlil qilish, mavjud bilim bo‘shliqlarini aniqlash hamda kelgusidagi tayyorgarlik jarayonini samarali rejalashtirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.
📈 Bunday sinovlar o‘quvchilarda imtihon muhitiga moslashish, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash va test topshiriqlarini strategik yondashuv asosida bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🎓 Maqsad aniq — puxta tayyorgarlik, yuqori natija va oliy ta’lim sari dadil qadam!